Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekiston O‘runovning dubli evaziga Misrni taslim etdi

O‘zbekiston O‘runovning dubli evaziga Misrni taslim etdi

Baho:
+ | -3

O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Al Ain International Cup” xalqaro o‘rtoqlik musobaqasining yarim finalida Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

“Hazza bin Zayed” stadionida o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida Fabio Kannavaro shogirdlari foydasiga yakunlandi. Uchrashuv qahramoni esa, shubhasiz, dubl muallifi — Oston O‘runov bo‘ldi.

Birinchi taym: O‘runovning erta goli va ustunlik
O‘yin yuqori tempda boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq O‘zbekiston tashabbusni qo‘lga olib, raqib yarim maydonda faol xarakat qildi. Bu bosim 4-daqiqada o‘z samarasini berdi — Oston O‘runov raqib jarima maydoni atrofida misrlik 4-5 nafar o‘yinchini aldab o‘tib ketdi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda to‘pni ustun orqali to‘rga joyladi.

Goldan keyin ham jamoamiz o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarmadi. Qanotlardan tezkor reydlar, markaz orqali oqilona paslar Misr himoyasini bir necha bor qiyin ahvolga soldi. Xususan, Eldor Shomurodov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

Taym yakuniga yetib borayotganda esa O‘runov yana bir bor o‘z mahoratni namoyon qildi. 44-daqiqada u Shomurodov uzatmasidan keyin Misr posboni bilan birga-bir vaziyatda uni aldab o‘tib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim ana shunday ustunlik bilan yakunlandi.

Ikkinchi taym: nazorat, almashinuvlar va hisobni saqlab qolish

Ikkinchi bo‘lim Misrning ustunligi ostida o‘tdi. 53-daqiqada Oston O‘runov va Aziz G‘aniyev o‘rniga Aksmal Mozgovoy hamda Xojimat Erkinov maydonga tushirildi — bu o‘zgarish o‘yin sur’atini pasaytirmay, aksincha, markazdagi nazoratni mustahkamladi.

69-daqiqada yana bir almashinuv amalga oshirilib, Otabek Shukurov o‘rniga Doston Hamdamov o‘yinga qo‘shildi. Jamoa butun taym davomida hisobni saqlab qolish bilan birga, imkoniyat paydo bo‘lgan vaziyatlarda hujumlarni ham unutmadi.

Misr termasi bir necha bor gol kiritishga urindi, ammo himoyachilarimiz va darvozabon hushyorlik bilan harakat qilib, xavfli zarbalarning oldini olishdi.

90-daqiqada Farrux Sayfiyev va Rustam Ashurmatov o‘yinga qo‘shildi va jamoa o‘yinni muvaffaqiyatli tarzda yakunladi. Qo‘shimcha vaqtlarda ham hisob o‘zgarmadi: 2:0 — O‘zbekiston finalda!

Uchrashuv qahramoni — Oston O‘runov
Uchrashuvning eng faol va samarali o‘yinchisi Oston O‘runov bo‘ldi. Uning ikki goli jamoamizni finalga olib chiqdi. O‘runov nafaqat gollari, balki yarimmaydondagi harakatlari, tezkor qarorlari va hujumning markaziy figurasi sifatida ajralib turdi.

Final kutmoqda

Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Al Ain International Cup” xalqaro o‘rtoqlik musobaqa finaliga yo‘l oldi. Finalda bizni Eron kutib turibdi.

“Al Ain International Cup” xalqaro turniri.
Yarim final
MISR - O‘ZBEKISTON - 0:2
Gollar: Oston O‘runov (4, 43)

Final. 18 noyabr, 21:00
“Hazza bin Zayed” stadioni
O‘zbekiston — Eron

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:03, 14.11.2025.
O'qildi: 1858 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.