Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon 0-0 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Xorvatiya U17 bosh murabbiyi: "Penaltilardagi mag‘lubiyat futbolchilar yuragiga og‘ir botdi"

Xorvatiya U17 bosh murabbiyi: "Penaltilardagi mag‘lubiyat futbolchilar yuragiga og‘ir botdi"

Baho:
+ | -

Qatarda o‘tayotgan U-17 jahon chempionatidagi keskin va dramatik 1/16 final bahsi ortidan Xorvatiya o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Marijan Budimir o‘zining ichki hissiyoti, jamoa kechirgan kechinmalar va o‘yindagi tafovutlar haqida atroflicha fikr bildirdi.

Budimirning ta’kidlashicha, penaltilar seriyasida yutqazish har qanday vaziyatda og‘ir, ammo o‘smirlar futbolida bu yanada qattiqroq uriladi. “Ular hali bola! Ular yig‘lab turganini ko‘rish – juda dardli manzara. Murabbiy sifatida buni ko‘rish qalbga og‘ir botadi”, – dedi u.

O‘yinning birinchi qismi haqida to‘xtalar ekan, taniqli mutaxassis O‘zbekiston U-17 jamoasining harakatini alohida e’tirof etdi. Uning aytishicha, o‘zbekistonlik o‘smirlar tashqi ko‘rinishida juda jips, markazda sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan holda harakat qilgan. “Birinchi bo‘limda ular bizdan yaxshiroq o‘ynashdi. Markaz orqali ko‘p bor oson o‘tib ketishdi. Bu biz uchun og‘ir bo‘ldi”, – dedi Budimir.

Tanaffusdagi uchta almashtirish esa o‘yin manzarasini o‘zgartirdi. Murabbiy jamoa uslubini kuchaytirish uchun pressing va harakatlanishda jiddiy takliflar berganini ochiq bildirdi. Natijada ikkinchi bo‘limda xorvatlar maydonga butunlay boshqa kayfiyatda qaytdi — qattiqroq, shijoatli va jamoa sifatida yaxlitroq.

Hisob tenglashtirilib, ustunlik muayyan darajada xorvatlar tomoniga o‘tganini ham u yashira olmadi. Hatto o‘yin oxirida ularda imkoniyatlar ham bo‘lgan. Budimir aytishiga ko‘ra, agar Tino Kusanovich bir vaziyatda tezroq yiqilganida, ehtimol sudya penalti tayinlagan bo‘larmidi — bu ham o‘yin kutilmagan tomonga o‘zgargan bo‘lardi.

Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagani bois bahs penaltilar seriyasiga ko‘chdi. Murabbiy bu jarayonni “lotereya emas, psixologik urinishi” sifatida ta’rifladi. “Penalti tepishni xohlamagan bolalar ko‘p bo‘ldi. Lekin tepganlarga katta rahmat — ular jasorat ko‘rsatishdi”, – dedi murabbiy.

Shunga qaramay, Budimir jamoasining umumiy ishtirokidan mamnun. Xorvatiya guruh bosqichida yettita gol urib keyingi bosqichga chiqqan, o‘yin ko‘rsatkichlari ham munosib darajada bo‘lganini eslatdi. U o‘z shogirdlariga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘qligini qayd etdi: “Bor kuchimiz bilan kurashdik. Doha bizga yoqdi. Uzoqqa borishni istardik, lekin futbolda hamma narsa biz istagandek kechmaydi”.

Budimir, shu bilan birga, bu mag‘lubiyat o‘smirlar uchun faqat og‘riq emas, balki katta saboq ekanini ham ta’kidladi. “17 yoshda futbol tugamaydi. Ular rivojlanadi, ulg‘ayadi, kattalar futbolini his qiladi. Bu kecha – ular umr bo‘yi eslaydigan bekatlardan biri”, – deya so‘zini yakunladi 45 yoshli mutaxassis.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 09:39, 16.11.2025.
O'qildi: 4665 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик