Kataloniyaning "Barselona" klubi kelasi yozda qanot himoyachisi xarid qilishi mumkin.
Sport nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" short-listiga Alexandro Grimaldo ("Bayer"), Joau Kanselu ("Al-Hilol"), Denzel Dyumfris ("Inter") va Daniel Munyos ("Kristal Pelas") kiritilgan.
Deku boshchiligidagi sport rahbariyati kelasi yozda ushbu variantlar bilan bog‘lanadi.













