Asian Boxing tashkiloti 2026 yilgi Osiyo chempionatlariga rasmiy mezbonlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, dastlab kattalar ishtirokidagi Osiyo chempionati 28 martdan 11 aprelgacha Mo‘g‘ilistonning Ulan-Bator shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Toshkent bo‘lsa, o‘smirlar (U-15) va yoshlar (U-17) o‘rtasidagi Osiyo birinchiligiga mezbonlik qiladi. O‘tkazilish vaqti: 1-16 may.
2026 yilgi U-19 va U-22 chempionatini qabul qilishni bo‘lsa, Jakarta o‘z bo‘yniga oldi. Vaqti: 3-16 iyul.














