Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

"Neftchi" "Qizilqum"ga qarshi o‘yin uchun chiptalar sotuvi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

"Neftchi" "Qizilqum"ga qarshi o‘yin uchun chiptalar sotuvi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Baho:
+1 | -

Ayni paytga kelib "Neftchi" – "Qizilqum" uchrashuviga bo‘lgan qiziqish nihoyatda yuqori bo‘lgani sababli, sotuvga chiqarilgan chiptalar bugunning o‘zidayoq to‘liq sotib bo‘lingani haqida xabar berilgan edi. Klub matbuot xizmati bu borada tushuntirish berdi.

«Ko‘plab muxlislarimizdan "chiptalar qanday qilib bu qadar tez sotib bo‘ldi?" degan savollar kelmoqda.

Muhtasham "Istiqlol" stadionining umumiy sig‘imi 18 867 nafar muxlisni tashkil etadi. Shundan:

889 ta o‘rin — tartibni saqlash xodimlari uchun,

13-sektordagi 447 ta o‘rin — mehmon jamoa muxlislari uchun,

qolgan 17 531 ta o‘rin — Farg‘onalik muxlislar uchun ajratilgan.

Mavsum boshlanishidan avval klub tomonidan yillik abonementlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, muxlislar tomonidan 7 445 dona abonement xarid qilingan. Qolgan 10 086 ta o‘rin uchun esa har bir uy uchrashuvi oldidan alohida chipta savdosi amalga oshirilmoqda.

22 noyabr kungi uchrashuvga ham aynan 10 086 dona chipta sotuvga chiqarildi. Chiptalar bir shaxsga 5 donadan oshmagan holda, "Istiqlol" stadionidagi kassalarda hamda Marg‘ilon shahridagi maxsus kassamizda joylashgan 6 nafar chipta sotuvchi tomonidan sotildi.

Jamoamiz har bir muxlisini qadrlaydi. 24 yillik orzu ushalishiga juda oz qoldi. Biz ushbu tarixiy kunda sizning yonimizda bo‘lishingizni istaymiz.

Chiptaga ulgurmagan muxlislarimiz uchun stadion atrofida katta monitorlar o‘rnatildi — birgalikda bir kuchmiz!», - deyiladi "yo‘lbarslar" bayonotida.

Agarda "Neftchi" ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, 2001 yildan buyon kutilayotgan chempionlikni nishonlaydi.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:26, 18.11.2025.
O'qildi: 1577 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.