Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga chiqdi, Javohir Sindarov tay-brekda o‘ynaydi

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga chiqdi, Javohir Sindarov tay-brekda o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun chorak final bosqichi doirasida javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Javohir Sindarov bugun meksikalik Xose Martinesga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Tomonlar juda tez durangga imzo chekishdi. Bahs boshlanganiga yarim soat bo‘lmasdan shaxmatchilar 25-yurishga kelib yurishlarni 3 martadan takrorlashdi. Shu tariqa, Sindarov-Martines to‘qnashuvida g‘olib nomi ertaga o‘tkaziladigan tay-brekda aniqlanadi.

Chorak finalchilar orasida birinchi bo‘lib Nodirbek Yoqubboyev yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz kecha germaniyalik Aleksandr Donchenkoni oq donalarda mag‘lub etgach, bugun durang uchun o‘ynadi. Donchenko g‘alaba uchun yo‘l qidirdi. Ammo 57-yurishga kelib unda g‘alaba uchun imkoniyat qolmaganini tushunib yetdi va durangga rozi bo‘ldi.

Nodirbek Yoqubboyev jahon kubogi yarim finaliga chiqdi. U final ostonasida Sindarov-Martines to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Agar Javohir yarim finaliga chiqsa, o‘zbek derbisiga guvoh bo‘lamiz. Natijada kamida bir nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi Jahon chempionlik toji uchun talabgorlar musobaqasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:28, 18.11.2025.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.