Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Kapello: "Norvegiya jahon chempionligini qo‘lga kiritadi demayman, lekin ularning darajasi bor"

Kapello: "Norvegiya jahon chempionligini qo‘lga kiritadi demayman, lekin ularning darajasi bor"

Baho:
+ | -

Taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kapello Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning faoliyati, shuningdek, JCH-2026 saralash bosqichining har ikki o‘yinida italiyaliklarni mag‘lub etgan Norvegiya terma jamoasining saviyasiga baho berdi.

"Gattuzo guruhdagi dastlabki ikki o‘yindan keyin jamoani boshqardi, yaxshi g‘alabalarga erishdi va jamoaga ozgina bo‘lsa ham jangovar ruhni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Yorqin o‘yin yoki kuchli xarakter ko‘rmadik: Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyat futbolchilarga jiddiy ta’sir qildi. Ammo Gattuzo qilishi kerak bo‘lgan ishni qildi va bu muhim. Norvegiya bilan o‘yinda yana mag‘lubiyatga uchradik va bu bizni real imkoniyatlarimizni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

Men norvegiyaliklar jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir demoqchi emasman, lekin bu jamoaning chindan ham saviyasi bor - jamoaviy o‘yin borasida ham, iqtidor borasida ham.

Ularda Holand timsolida fenomen bor. Bu biroz Italiyada Jiji Riv bo‘lgan paytlarni eslatib yuboradi: to‘pni jarima maydoniga kiritasiz va u barchasini hal qiladi. U jamoaga tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi va unga ishonch bag‘ishlaydi", - dedi Kapello Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 15:47, 20.11.2025.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик