Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Karrager: "Liverpul"ning bir himoyachisi jarohat olsa, mavsum tugaydi"

Karrager: "Liverpul"ning bir himoyachisi jarohat olsa, mavsum tugaydi"

Baho:
+ | -

"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeymi Karrager klubning transfer siyosati va yanvar oyida yangi xaridlar zarurligi haqida gapirdi.

"Liverpul" yanvarda xarajat qilishi kerak, ularga markaziy himoyachi kerak. Buni yozda qilish kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi va keyin ular sotib olgan bitta markaziy himoyachi, yosh italiyalik futbolchi Jovanni Leoni Liga kubogida ishtirok etgan o‘yinda ajoyib ko‘rinishga ega edi. Afsuski, u jarohat oldi, shuning uchun uni faqat keyingi mavsumda ko‘ramiz.

Aslida, "Liverpul"ga mavsumni butunlay yakunlash uchun markaziy himoyachining yana bir jarohati yetishmayapti, shuning uchun ular yanvar oyida bozorga chiqish kerak bo‘ladi. Shuncha pul sarflansa-yu, natijalar barqaror bo‘lmasa, bu menga "Liverpul"ni unchalik eslatmaydi... Yoki hech bo‘lmaganda klub so‘nggi bir necha yil ichida transfer biznesini qanday olib borganiga o‘xshamaydi", - deya Karragerning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Angliya Premyer-ligasida o‘tkazilgan 11 o‘yindan so‘ng "Liverpul" ochkolarini 18taga yetkazib, turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 19:37, 20.11.2025.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик