Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mane Klopp uni "Liverpul"ga o‘tishga qanday ko‘ndirganini esladi

Mane Klopp uni "Liverpul"ga o‘tishga qanday ko‘ndirganini esladi

Baho:
+ | -

"An-Nasr" futbolchisi Sadio Mane Yurgen Klopp bilan suhbatdan so‘ng "Liverpul"ga o‘tishga qanday qaror qilgani haqida gapirib berdi.

"Qizillar" senegallikni 2016 yilda "Sautgempton"dan sotib olgan edi. Hujumchi mersisaydliklar safida olti yil o‘ynab, jahon yulduziga aylandi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

"Dastlab Yurgen o‘tmishda "Borussiya" Dortmundga amalga oshmagan transferi uchun uzr so‘radi, keyin esa shunday dedi: "Liverpul"da shunday jamoa quramizki, unga qarshi hech kim o‘ynashni istamaydi. Biz birga o‘samiz va sen har bir o‘yinda maydonga tusha olasan." Ushbu loyihaning bir qismi bo‘lishni xohlardim. Maosh, boshqa narsalar - ahamiyati yo‘q, shunchaki o‘sha yerga o‘tmoqchi edim," - deya Manening Rio Ferdinandga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi ingliz OAV.

Kiritildi: 08:13, 21.11.2025.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик