"An-Nasr" hujumchisi Sadio Mane jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
Senegallik va portugaliyalik futbolchi 2023 yilning yozidan beri Saudiya Arabistoni klubida birga to‘p tepmoqda.
"Ronaldu - butun dunyodagi har bir futbolchi uchun namuna. Men unga o‘xshagan futbolchini hech qachon ko‘rmaganman, bunga shubha yo‘q," - dedi "Liverpul"ning 33 yoshli sobiq forvardi Rio Ferdinandga bergan intervyusida.













