Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Levandovskiga 5 ta klub da’vogarlik qilmoqda

Levandovskiga 5 ta klub da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunida jamoadan ketishi mumkin. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Shu bois uni 5 ta klub o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Turkiyaning “Fenerbahche”, Italiyaning “Milan”, Saudiya Arabistonining “An-Nassr”, Ispaniyaning “Atletiko” hamda Angliyaning “Manchester Yunayted” klublari polshalik forvardni erkin agent sifatida jamoaga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Futbolchining “Barselona”dan ketish ehtimoli yuqori. Chunki kataloniyaliklar Robertning yoshi, past samaradorligi va raqibga bosim o‘tkaza olish qobiliyatining susaygani ortidan hujumchi bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. 37 yoshli forvard esa “Barselona”da qolishni xohlamoqda va imkon bo‘lsa, zaxira futbolchisi sifatida o‘ynashga ham tayyor. Agar yangi bitim imzolanmasa, Levandovski Yevropaning boshqa jamoasiga o‘tishni rejalashtirmoqda. Shu bois uning Saudiya Arabistoni ligasiga o‘tish ehtimoli past.

Manbada yozilishicha, nomzodlar orasida “Fenerbahche” yetakchi bo‘lib turibdi. Istanbul klubi polshalik hujumchini sotib olish orqali hujum chizig‘ini kuchaytirish hamda Turkiya Superligasi chempionlik poygasiga qaytishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, futbolchining nomini “Milan” bilan ham bog‘lashmoqda. Jumladan, Zlatan Ibragimovich Robertning transferi ustida ishlayotgani aytilmoqda. “Atletiko” hamda “Manchester Yunayted” ham Levandovskini tekinga qo‘lga kiritishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Levandovski “Barselona” safida jami 12 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 10 million yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi 2022 yil yozida “Bavariya”dan “Barselona” safiga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. U kataloniyaliklar bilan ikki marta La Liga chempioni bo‘ldi, shuningdek, Ispaniya kubogi va ikki marta Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:11, 21.11.2025.
O'qildi: 5257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.