Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Rodrigo uchun 85 mln yevro taklif qilishdi

Rodrigo uchun 85 mln yevro taklif qilishdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi futbolchisi Rodrigo Goes faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik vingerga “Tottenhem” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Unga ko‘ra, londonliklar Rodrigoni qishki transfer oynasi vaqtida jamoaga olib kelishni istamoqda. Buning uchun ingliz klubi “Real”ga 85 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan. Futbolchining o‘zi ham yetarli o‘yin amaliyoti yo‘qligidan hamda 2026-yilgi Jahon chempionatiga yuqori sport formasida borish uchun boshqa jamoaga o‘tishga tayyor.

Hozircha “Real” rahbariyati Rodrigo bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Ammo yaxshi taklif tushsa, muzokara boshlashi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Arda Gyuler hamda Franko Mastantuononing yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgani fonida braziliyalik vingerga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin.

Rodrigoga nafaqat “Tottenhem”, balki “Manchester Siti” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tsa, braziliyalik vinger qishki transfer oynasida APL klublaridan biriga o‘tishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum “Real Madrid” safida jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:17, 21.11.2025.
O'qildi: 5920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик