Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining 2025 yilgi bosqichi yakunlandi

World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining 2025 yilgi bosqichi yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ushbu turnir yil boshida e’lon qilinganda 4 ta bosqichda o‘tishi belgilandi.

Birinchi bosqich:

31 martdan 5 aprelga qadar Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz hech kimga imkon qoldirmay, 5 ta oltin, 2 kumush va 1 bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bizdan keyin mezbonlar 3 dona oltin ola olishdi xolos.

Ikkinchi bosqich:

10-17 may kunlari Polshaning Varshava shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qildi. To‘lqin Qilichev boshchiligida jamoamiz 6 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza bilan musobaqani yakunladilar. Bu safar ham jamoamiz tengsiz bo‘ldi.

Dastlab, Polshadagi turnir World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichi deya nomlandi. Ammo musobaqa boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida turnir tashkilotchilari musobaqa "Feliks Stamm" xalqaro xotira turniri va World Boxing tashkiloti kubogi kollaborasiya shaklida o‘tkazilishini va bu yakuniy medallar reytingiga qo‘shilmasligini ma’lum qilishdi.

Uchinchi bosqich:

Qozog‘istonning Astana shahri, 28 iyundan 7 iyulgacha yana bir World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining tartib bo‘yicha uchinchi (Polshani hisobga olganda) bosqichiga mezbonlik qildi. Bu safar musobaqada Liverpulda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining muhimlilik darajasi tufayli erkaklar terma jamoamiz ishtirok etmadi.

Elshod Rasulov boshchiligidagi qizlarimiz bo‘lsa, 1 ta oltin va 4 bronza bilan tugatishdi. Qayd etish joiz, ayollar terma jamoamiz katta tarkibda birinchi bor Astanada qatnashdilar. Ungacha Polshada bir nafar qizimiz ringga ko‘tarilgandi xolos.

To‘rtinchi, so‘ngi bosqich:

Kuni kecha yakuniga yetgan Hindistondagi World Boxing tashkiloti kubogi bahslari final bosqich deya nomlandi. Unda terma jamoamizning yosh tarkibi 4 ta oltin, 5 kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi bo‘ldik. Erkaklarimiz bo‘lsa o‘z toifasida doimgidek birinchilikni bermadi. Qizlarimiz ham musobaqada munosib ishtirok etdilar. Ayrim final janglari bo‘lsa, hakamlarning tushunarsiz qarorlari tufayli raqiblar tomoniga hal etildi. Bunga yaqqol misol, Oltinoy Sotimboyeva va Gulsevar Ganiyevalar ishtirokidagi janglar. Boksda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Shunga qaramasdan ushbu kubok bahslari qizlarimiz uchun katta tajriba maydoni bo‘ldi.

O‘ylaymizki, ushbu turnirda olingan tajribalar muhim pallalarda, Olimpiada o‘yinlari, Jahon chempionati bahslarida anchagina as qotadi. Shunday qilib, tashkilot kubok bahslarini yakunladi.

Ushbu mavsumiy musobaqa, o‘zining Olimpiada o‘yinlariga ballar taqdim etishi bilan ham ahamiyatli. Terma jamoamiz, to‘rtta bosqich deb olsak, barchasida turli tarkiblar bilan ishtirok etib, barcha yosh va umidli bokschilarga imkon berdi. Nyu-Deli ham bunga yaqqol misol.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 09:18, 22.11.2025.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик