Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Husayn Norchayev Qozog‘iston klubi qiziqish bildirmoqda

Husayn Norchayev Qozog‘iston klubi qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va «Nasaf» forvardi Husayn Norchayev Yevropa kuboklarida ishtirok etish maqsadida «Elimay» klubiga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda Sports.kz jurnalist Aleksandr Troiskiyga tayanib.

«O‘zbekiston terma jamoasi va “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchayevga Qozog‘istonning bir klubi qiziqmoqda.

Hamkasblar jamoa nomini aytmadi, ammo menimcha, bu — “Elimay”. Nima uchun deb so‘ramang — shunchaki ichki his. Jamoa yevrokuboklarda o‘ynaydi, bu esa Husaynni jalb qilishi mumkin. Shuningdek, maosh masalasida ham futbolchini xursand qilish kerak. “Nasaf”da uning oyligi ancha yaxshigina, shu bois qozog‘istonliklar unga oyiga kamida 20 ming dollar taklif qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Biroq o‘yinchi darajasi yetarlicha yuqori. Norchayev — o‘zbek Superligasining eng yaxshi to‘purarlaridan biri, Chempionlar ligasida “Nasaf” uchun gollar urmoqda va milliy terma jamoaga chaqiriladi. Ehtimol, u jahon chempionatiga ham boradi.

Shu bilan birga, xuddi shu pulga Yevropada o‘ynab kelgan legionerni ham imzolash mumkin. Lekin Husaynning salohiyati yuqori, agar uni qishda olib ketishsa, O‘zbekiston terma jamoasi safida JCHda muvaffaqiyatli o‘ynasa, keyinchalik juda manfaatli narxga sotish imkoni bo‘ladi. Lekin futbolchi 23 yoshga kirganini ham unutmaslik kerak.

Umuman olganda, Qozog‘iston chempionatining top-4 klublaridan biriga o‘tish — Norchayev uchun juda qiziq variant, deb o‘ylayman», — deb yozadi jurnalist.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Semeyning «Elimay» jamoasi 43 ochko to‘plab, KPL jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Kelgusi mavsumda klub Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 10:15, 22.11.2025.
O'qildi: 1576 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик