Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Merson "Oltin to‘p" uchun Xolandga nima kerakligini aytdi

Merson "Oltin to‘p" uchun Xolandga nima kerakligini aytdi

Baho:
+ | -1

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Pol Merson norvegiyalik hujumchi Erling Xolandning kelasi yili "Oltin to‘p" sohibi bo‘lish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Xoland to‘p-to‘p qilib gol urishda davom etmoqda. Ammo bu "Oltin to‘p" uchun yetarlimi? O‘ylamayman. Qancha gol urganingning farqi yo‘q, barchasi Chempionlar Ligasidagi ishtirokingga bog‘liq. Agar "shaharliklar" ushbu sovrinni qo‘lga kiritsa, unda Erlingning imkoniyatlari yuqori bo‘ladi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Sportskeeda.

Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli skandinaviyalik futbolchi "Manchester Siti" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 14:33, 22.11.2025.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик