Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" "Portu" hujumchisini nishonga oldi

"Tottenxem" "Portu" hujumchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

"Portu"ning ispaniyalik hujumchisi Samu Agexova faoliyatini Londonning "Tottenxem" klubida davom ettirishi mumkin. Ushbu ma’lumot TEAMtalk tomonidan ulashilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, "shporlar" asosiy e’tiborni 21 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qaratmoqda, chunki ular qishki transfer oynasida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda. Klubdagilarning fikricha, Agexova bosh murabbiy Tomas Frankning o‘yin modeliga juda mos keladi.

Joriy mavsumda Agexova barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining narxi 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:41, 22.11.2025.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик