Kirish Ro'yxatdan o'tish

Upamekano yangi klub tanladi

Upamekano yangi klub tanladi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirishni talab qilmoqda, ammo futbolchi Madridning "Real" klubiga o‘tmoqchi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo‘nur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Upamekano uchun "Real"ga o‘tish faoliyatini davom ettirishning ustuvor varianti hisoblanadi. Shu bilan birga, fransiyalik himoyachini "Liverpul" va "PSJ" ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda 27 yoshli Upamekano barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakat qilmadi.

Futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:44, 22.11.2025.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик