Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" ustozi jamoaning joriy mavsumdagi maqsadini aytdi

"Yuventus" ustozi jamoaning joriy mavsumdagi maqsadini aytdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 12-turida Turinning "Yuventus" jamoasi "Fiorentina"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bu natija haqida "keksa sinyora" ustozi Luchano Spalletti o‘z fikrlarini bildirdi.

"Tanaffusga qadar jamoa ortiqcha xatolarga yo‘l qo‘ydi. Biz saviyamizni oshirishimiz va hujumda yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. "Yuventus"ning mavsumdagi asosiy maqsadi - Skudetto uchun kurashish," - deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi insayder Janluka di Marsio.

Turinliklar 12 o‘yindan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Spalletti shogirdlari peshqadam "Napoli"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 12:37, 23.11.2025.
O'qildi: 351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик