Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Flik: "Levandovski - so‘nggi 10 yillikda dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri"

Flik: "Levandovski - so‘nggi 10 yillikda dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri"

Baho:
+ | -

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovskining o‘yini haqida fikr bildirdi.

37 yoshli polyak shanba kuni "Atletik" Bilbaoga qarshi o‘yinda "ko‘k-anorranglilar"ning "Kamp Nou"ga qaytganidan keyingi ilk golini urdi.

Uchrashuv kataloniyaliklarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Levandovski - so‘nggi o‘n yil ichida dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Uni yana shu holatda ko‘rish juda yoqimli," - dedi Flik o‘yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi "Selta"ga (4:2) qarshi o‘yinda Robert Levandovski xet-trik qayd etgandi. U La Liga to‘purarlar poygasida sakkizta gol bilan "Real" vakili Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda, fransuz hisobida 13 ta gol bor.

Kiritildi: 13:19, 23.11.2025.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.