Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Javohir Sindarov: «Finalda ham qo‘limdan kelganicha eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman»

Javohir Sindarov: «Finalda ham qo‘limdan kelganicha eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik shaxmat Javohir Sindarov jahon kubogi yarim final bosqichi tay-brekdagi g‘alabadan keyingi intervyu berdi.

— Siz nafaqat FIDE Jahon kubogi finaliga, balki Nomzodlar turniriga ham yo‘llanma oldingiz. Hozir o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

— Juda xursandman, lekin do‘stim uchun baribir biroz xafaman. Biz juda yaxshi kurashdik. Tay-brekdagi ikki rapid partiyada ham tayyorgarligim ancha yaxshi edi, shuning uchun yaxshi pozisiyalar oldim, deb o‘ylayman.

Klassik o‘yinda u juda mustahkam, yaxshi tayyorlangan. Agar ispancha, italyancha yoki boshqa debyutni tanlasam, bu o‘yinda yuta olamanmi yoki qiziqarli pozisiya chiqadimi, aniq bilmasdim. Shuning uchun tezroq durang qilish va hammasini rapid hamda blisda hal qilish varianti menga ma’qulroq tuyuldi. Chunki bu vaqt nazoratlarida o‘zimni biroz yaxshiroq his qilaman. Lekin baribir Nodirbek ham bu yerda o‘z darajasini ko‘rsatdi, juda yaxshi o‘ynadi. Men ozgina omadim kelganini ham his qilyapman. Nomzodlar turniriga yo‘llanma olganimdan juda baxtiyorman — bu mening joriy yilgi eng katta maqsadim edi. Endi keyingi turnirlarimda Nomzodlar uchun tayyorgarlikni boshlayman.

— Lekin Nomzodlargacha hali jahon kuboogi finali ham bor. Tay-brekni 2:0 hisobida yutgandan keyin final oldidan o‘zingizni qanchalik ishonchli his qilyapsiz?

— Hozir Vey Yi - Yesipenkoning o‘yini tugadi, Andrey bitta yurishda katta xato qildi. Har ikkisi ham juda kuchli shaxmatchi, Vey Yi bilan ancha ko‘p o‘ynaganman. Unga qarshi ham qo‘limdan kelganicha yaxshi shaxmat o‘ynashga harakat qilaman. Mening katta rejalarimdan biri Nomzodlar turniriga chiqish edi, uni bajardim, endi biroz tinchlanib, Vey Yiga qarshi finalga yaxshi kayfiyatda chiqishga harakat qilaman.

—O‘zingizdan tashqari bu yerda ukangizni ham ko‘ryapmiz. U aynan turnirning shu bosqichi uchun keldimi?
— Ha, ukam kecha kechasi keldi. U men uchun juda ko‘p shirinliklar, shokoladlar, milliy taomlarimizni ham olib keldi. Oilam ham bu yerda — bobom, buvim ham kelishgan. Juda xursandman, bunday paytda yaqinlarim yonimda bo‘lgani menga katta kuch beradi. Endi finalda ham qo‘limdan kelganicha eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 23:02, 23.11.2025.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.