Madridning "Real" klubi yangi transfer maqsadini belgilab oldi. Shu tariqa, ispan klubi "Bavariya"dan Maykl Oliseni sotib olmoqchi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Real" Olise timsolida Rodrigoga o‘rinbosar ko‘rmoqda. Braziliyalik futbolchi o‘yin amaliyoti yetishmasligi sababli Madrid klubini tark etmoqchi.
Shu bilan birga, "Bavariya" Oliseni qo‘yib yuborish istagi bilan yonmayapti. Kelajakda klub unga umid bog‘lamoqda.













