Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Neymar yana jarohat oldi

Neymar yana jarohat oldi

Baho:
+ | -

33 yoshli braziliyalik hujumchi Neymar yana safdan chiqdi. Noyabr oyi boshida hujumchi sonidan olgan jarohatidan tuzalib, to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Ammo kecha Braziliya chempionatida "Internasonal" klubiga qarshi kechgan bahsda maydonga tusha olmadi.

"Neymar "Sport Resifi"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi rejalashtirilgan [29 noyabr]. Men u bilan gaplashishim kerak, shaxsan ko‘rishmayapman va Neymarning qarorlarini hurmat qilaman. Lekin u tarkibda bo‘lishi kerak, u doim tarkibda bo‘lishni istaydi. Mirasolada o‘ynashdan oldin u tizzasida noqulaylik sezdi. U buni o‘yin paytida ham his qildi", - dedi "Santos" bosh murabbiyi Xuan Pablo Voyvoda.

Neymar bu mavsumda "Santos" safida Braziliya chempionatida atigi 17ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida to‘rtta gol bor.

Kiritildi: 20:56, 25.11.2025.
O'qildi: 638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик