Kirish Ro'yxatdan o'tish

Morgan FIFAning Ronaldu bo‘yicha qaroriga munosabat bildirdi

Morgan FIFAning Ronaldu bo‘yicha qaroriga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Teleboshlovchi Pirs Morgan FIFAning Krishtianu Ronalduni diskvalifikasiya qilish haqidagi qaroriga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli forvardi Irlandiyaga qarshi o‘yinda (0:2) raqib himoyachisi Dare O'Shining bel qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi.

FIFA tartib-intizom qo‘mitasi Ronalduni 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilishga qaror qildi, shundan 2tasi shartli. Shu tariqa, Krishtianu JCH-2026 guruh bosqichining birinchi turida ishtirok etishi mumkin - u saralash so‘nggi turida Armaniston bilan o‘yinni o‘tkazib yuborib (9:1), haqiqiy diskvalifikasiyani allaqachon o‘tab bo‘lgan.

"To‘g‘ri hukm. U ataylab futbolkasidan tortgan futbolchiga qarshilik ko‘rsatgandi," deb yozgan Morgan.

Kiritildi: 22:36, 26.11.2025.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик