Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Akmal Shorahmedov va Bektemir Abdumannonovning "Arkadag"ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari

Akmal Shorahmedov va Bektemir Abdumannonovning "Arkadag"ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari

Baho:
+ | -

"Andijon" - "Arkadag" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida andijonliklarning vaqtinchalik bosh murabbiyi Akmal Shorahmedov va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Bektemir Abdumannonov savollarga javob qaytardilar.

Akmal Shorahmedov - Yutishni juda xohlagandik. Futbolchilar ham buni rosa istashgandi. Shunga yarasha harakat qildik. Qisqa vaqt bo‘lsa ham tayyorlandik. "Al-Ahli" va boshqasi ham bular bilan o‘yinlarda qiynalishyapti. Himoyada juda zich o‘ynashadi. Yorib o‘tish qiyin. Lekin men o‘yindan qoniqdim. Yechinish xonasida ham aytdim. Ayniqsa, menga ikkinchi taymdagi o‘yin yoqdi. Deyarli Turkmaniston terma jamoasi bilan o‘ynab, oxirida raqibni yotib olib va to‘pni tepib yuborayotgan holatlarini ko‘rish men uchun yoqimli bo‘ldi. Yigitlarga rahmat.

- Jamoaga nima yetishmadi, deb
o‘ylaysiz?

Bektemir Abdumannonov: - Jamoamiz bilan g‘alaba uchun chiqqandik. Oxirida biroz omadimiz yetishmadi, deb o‘ylayman. Hamma harakat qildi. O‘yingacha bo‘lgan jarayonlar ham yaxshi bo‘ldi. Hali imkoniyatimiz bor. Keyingi uchrashuvda yutsak 100 foiz keyingi bosqichga chiqishni hal qilamiz. O‘z xatoimiz orqali gol o‘tkazdik. Aslida raqibni har tomonlama yutdik. Bitta gol urganimizda yutib ketardik.

- O‘rtada deyarli bir oy tanaffus bo‘ladi. 24 dekabrgacha futbolchilarni holatini bir maromda ushlab turish uchun qanday rejalar tuzilyapti?

Akmal Shorahmedov: - "Bunyodkor" bilan o‘yindan keyingi rejalarni hali bilmayman. Menga faqat ushbu uchrashuvlarga tayyorlash aytilgan. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. Meni vazifam "Andijon"ni saqlab qolish. Shunga harakat qilyapmiz. Butun jamoa - bazadagi ishchilar, matbuot, hammamiz bir oila bilan harakat qilyapmiz. Keyingi o‘yinni o‘ylaymiz. 24 dekabr kungi uchrashuv "Bunyodkor" bilan bahsdan keyin o‘ylanadi. Hozir bunga vaqtli.

- Jamoa g‘alabaga chanqoq o‘ynadi. Biroq bir nechta vaziyatlarda hakamlarni qarorlariga e’tirozlar bo‘ldi. O‘yinni boshqargan hakamga qanday baho berasiz?

Akmal Shorahmedov: - Bizga ham "simpatiya" qilganda yaxshiroq bo‘lardi. VAR yo‘q, hech narsani isbotlay olmaymiz. Nima bo‘lgan taqdirda ham gol ura oldik. Lekin gol ham o‘tkazib qo‘ydik. Lekin birinchi golimizni urdik, shundan xursandman.

- O‘yindan oldingi matbuot anjumanida 3 ta hujumchi bilan o‘ynaymiz, hujumga borgan o‘yinchi himoyani o‘ylamasligi kerakligini aytgandingiz. Qarshi hujumda raqib gol urib ketdi. Shu ikkita narsani bir-biriga bog‘lagan bo‘larmidingiz?

Akmal Shorahmedov: - Fikrim bo‘yicha, kim orqada turgan bo‘lsa o‘sha o‘ynab qo‘yishi kerak. Kim oldida turgan bo‘lsa u hujumda o‘ynab qo‘yishi kerak. Orqada turgan futbolchi himoyachimi yoki xujumchimi, raqib bilan o‘ynashi lozim. Hozir kimnidir aybdor qilish niyatim yo‘q. Tavakkal qilib, hujumga ketdik. 

- Ikkinchi taymda zaxiradan himoyachi Islom Mamatkazinni hujumga tushirdingiz. Bu ham tavakkalmidi yoki oldindan o‘ylangan rejamidi?

Akmal Shorahmedov: - Oldindan o‘ylagan rejam edi. Yutayotganimizda Islom Mamatkazinni uchinchi himoyachi qilib tushirmoqchi edim. Chap taraf himoyada kimni qo‘yish bilan ushlanib qoldim. O‘sha paytni o‘zida gol o‘tkazib yubordik. Bizda boshqa hujumchi yo‘q. Shuning uchun Mamatkazinni hujumga qo‘ydim. Chunki o‘yinni oxiri, bo‘yi pastroq o‘yinchini tushirish to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan unga aytgandim: yo uchinchi himoyachi bilan tushasan yoki hujumchi bo‘lib tushasan deya tayinlaganman.

- "Andijon"da o‘zgarishlar bo‘ldi, jamoa natijalari yaxshi emas. Futbolchilarda kayfiyat qanaqa? Tushkunlik bormi? Jamoa pley-offga tushib qolishi mumkin.

Bektemir Abdumannonov: - Bu narsa hammani bo‘yniga tushadi. Bu vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak. Hali imkonimiz bor. Bitta uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, finalga chiqqandek chiqib yutgan holda keyingi bosqichga chiqsak bo‘ladi.

- Oxirgi turda rostdan ham Qatarda guruh favoritini yutishinglarga ko‘zingiz yetyaptimi?

Bektemir Abdumannonov: - Xudo xohlasa, g‘alaba uchun chiqamiz. Bitta o‘yinda hamma narsa hal bo‘ladi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:18, 27.11.2025.
O'qildi: 1290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик