Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe "Olimpiakos" muxlislari tomonidan haqorat qilingan

Mbappe "Olimpiakos" muxlislari tomonidan haqorat qilingan

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe "Olimpiakos" muxlislarining xatti-harakatlari haqida gapirdi. Chorshanba kuni "qaymoqranglilar" Gresiyada 4:3 hisobida g‘alaba qozondi - Mbappe poker qayd etdi. Uchrashuv boshlanishidan oldin mahalliy muxlislar fransuz tilida madridliklar hujumchisi sha’niga haqoratli so‘zlar aytishdi.

"Ha, chigalyozdi mashqlari paytida juda yomon talaffuzdagi fransuzcha qichqiriqlarni eshitdim. Ammo hammasi joyida, men e’tiborimni ishga qaratdim, maydonda o‘z maqsadimga erishdim va ijobiy kayfiyat bilan ortga qaytyapman", - dedi UYEFA tomonidan o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini olgan Kilian intervyuda.

Yakshanba kuni "Real" La Liga doirasidagi navbatdagi o‘yinini "Jirona"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:35, 27.11.2025.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик