Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovski Modrichning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Levandovski Modrichning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

Robert Levandovskining kelajagi hamon muhokama qilinmoqda, chunki polshalikning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Kataloniyaliklar katta ehtimol bilan tajribali forvard bilan shartnomani uzaytirmaydi.

Transfer News Live nashrining Calciomercato nashriga tayanib xabar berishicha, Levandovskini "Milan" erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" safida Luka Modrich o‘tgan yozdan buyon to‘p tepib kelmoqda. Avvalroq, "rossonerilar" xorvat bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Robert Levandovski kelasi yozda 38 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 22:29, 27.11.2025.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик