Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" afsonasi: "Mbappe har doim yetakchi bo‘lgan"

"Real" afsonasi: "Mbappe har doim yetakchi bo‘lgan"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Ugo Sanches klubning hozirgi yulduzi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

Fransiyalik forvard Chempionlar ligasining so‘nggi turida Gresiyaning "Olimpiakos" klubiga qarshi kechgan va "qaymoqranglilar"ning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda poker qayd etdi.

"Mbappe ajoyib formada. U ishonchga to‘la va har doim o‘ziga xos bo‘lgan yetakchilik xarizmasini namoyish etadi", - deya Ugo Sanchesning so‘zlarini keltiradi El Larguero.

Kilian Mbappe joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi, shuningdek, 26 yoshli futbolchi hisobida 3 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 07:29, 28.11.2025.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик