Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Surxondaryoda yangi futzal jamoasi tuzildi!

Surxondaryoda yangi futzal jamoasi tuzildi!

Baho:
+ | -

Mamlakatimizning janubiy darvozasi — Termiz shahridan xushxabar oldik. Yurtimizning nufuzli oliygohlaridan biri sanaluvchi Termiz davlat universiteti qoshida yangi futzal jamoasi tuzildi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi.

TerDUda sportga bo‘lgan e’tibor har doim yuqori bo‘lib kelgan. Universitetda mehnat qilayotgan mutaxassislar va trenerlar haqiqiy sport fidoyilaridir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ta’lim dargohining gandbol, voleybol va futbol bo‘yicha jamoalari mamlakat birinchiligi hamda Respublika turnirlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda.

Shuningdek, universitet sportning olimpiya yo‘nalishlari, ayniqsa yakkakurash turlari bo‘yicha yuzlab iqtidorlarni yetishtirib bergan. TerDU tarbiyalanuvchilari jahon va Osiyo miqyosidagi musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishgan.

Endilikda esa Termiz davlat universitetining yangi futzal jamoasi ham O‘zbekiston futzal federasiyasining dekabr oyida start oladigan Birinchi liga musobaqalarida qatnashish uchun rasmiy talabnomalarni taqdim etdi.

Biz TerDU (rektori Abduqodir Toshqulov) futzal jamoasiga bo‘lg‘usi musobaqalarda omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 11:16, 28.11.2025.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик