Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-2 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Lunin Yevropa top jamoasini qiziqtirib qoldi

Lunin Yevropa top jamoasini qiziqtirib qoldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Milanning "Inter" klubi kelasi mavsum uchun darvozabon qidirmoqda, chunki jamoaning asosiy posboni Yan Zommer 37 yoshda. "Inter"ning asosiy nishoni Mayk Menyan bo‘lib turibdi, ammo fransuz yangi klubdan katta moliyaviy shartlar talab qilishi aniq. Shuni inobatga olgan holda, Italiya klubi o‘z e’tiborini "Real" futbolchisi Andrey Luninga qaratdi, deb xabar beradi Defensa Central.

Qayd etilishicha, "Inter" ukrainalik futbolchiga doimiy o‘yin amaliyotini kafolatlashi mumkin edi. Bundan tashqari, "Real" va "Olimpiakos" o‘rtasidagi ECHL o‘yinida Luninning o‘yinini kuzatgan "neradzurrilar" skauti ham bor edi. Yozda Andrey kam o‘yin amaliyoti va Tibo Kurtua o‘rniga boshqa darvozabon sotib olinishi haqidagi mish-mishlar tufayli "Real"ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

"Inter" 2026 yilning yozida Luninni 10-12 million yevroga sotib olishga tayyor. "Real" prezidenti Florentino Peres, shuningdek, futbolchining o‘zi ham italiyalik grandning taklifini qabul qilishi yoki qilmasligini hal qilishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Andrey Lunin joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi. Ukrainalik futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:58, 28.11.2025.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.