Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Bavariya" Jekson bo‘yicha qaror qabul qildi

"Bavariya" Jekson bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bilan tuzilgan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan Nikolas Jeksonni "Chelsi"dan sotib olish majburiyati aniq kuchga kirmaydi. Myunxenliklar hujumchini Bundesliga va Chempionlar Ligasida 40 ta o‘yinda kamida 45 daqiqa maydonda bo‘lsa, 65 million yevroga sotib olishlari shart edi. Abendzeitung nashrining ma’lum qilishicha, senegallik futbolchi bu shartni endi hatto nazariy jihatdan ham bajara olmaydi.

Germaniya grandi hali ham o‘z xohishiga ko‘ra Nikolas Jekson transferini amalga oshirishi mumkin, biroq klub ma’muriyati buni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. 24 yoshli futbolchi Vensan Kompani jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va bitta gol uzatmasini amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:52, 29.11.2025.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик