Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kompani "Sankt-Pauli"ga qarshi o‘yindagi og‘ir g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Kompani "Sankt-Pauli"ga qarshi o‘yindagi og‘ir g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliga doirasidagi "Sankt-Pauli"ga (3:1) qarshi o‘yindan keyin intervyu berdi.

"Bunday og‘ir g‘alabalar ham yo‘lning bir qismi. Bu bizga ishonch bag‘ishlaydi, chunki biz shunday qiyin sharoitlarda ham natijaga erishishimiz mumkinligini tushunamiz. Futbolchilarning sa’y-harakatlarini ta’kidlash joiz - ular taslim bo‘lishmadi va oxirgi daqiqalargacha muvaffaqiyatga ishonishdi. Bu fazilat bizga butun mavsum davomida juda asqotadi," - deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

"Bavariya" Bundesliganing 12-turidan keyin turnir jadvalida "RB Leypsig"ni 8 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 12:34, 30.11.2025.
O'qildi: 482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик