Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Rasman: «Neftchi» Vitaliy Levchenko bo‘yicha xabarlarni tasdiqladi

Rasman: «Neftchi» Vitaliy Levchenko bo‘yicha xabarlarni tasdiqladi

Baho:
+ | -

Vitaliy Levchenko "Neftchi" bilan xayrlashdi. Bu haqda farg‘onaliklar rasmiy telegram-kanali xabar berdi.

«Ukrainalik mashhur mutaxassis, 2022 yilda "Neftchi" rahbariyati tomonidan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Vitaliy Grigorevich Levchenko jamoani iqtidorli futbolchilar bilan mustahkamlash va chempionlik darajasigacha olib chiqish yuzasidan qo‘yilgan vazifalarni katta mas’uliyat bilan bajarishga kirishdi. Uning bu qat’iy mehnati 2025 yil mavsumida o‘z amaliy natijasini berdi. Joriy yilning 22 noyabr kuni Vitaliy Grigorevich boshchiligidagi jamoamiz "Qizilqum" bilan bo‘lib o‘tgan bellashuvda ishonchli g‘alaba qozonib, muddatidan oldin O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

2022–2025 yillar davomida uning boshqaruvidagi jamoa 106 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 52 ta g‘alaba, 35 ta durang va 19 ta mag‘lubiyatni qayd etdi.

2025 yil 30 noyabr kuni Vitaliy Levchenkoning "Neftchi" klubi bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetdi. Shu bilan birga, "Neftchi"ning murabbiylar shtabida Vitaliy Levchenko bilan birga faoliyat yuritgan Anvarjon Norqulov, Andrey Annenkov va Farrux Berdiyevlarning ham shartnoma muddatlari yakunlandi.

Jamoa rahbariyati va klub a’zolari ularga o‘tgan davr mobaynida uzoq kutilgan 24 yillik orzuni ro‘yobga chiqarishdagi xizmatlari, "Neftchi" va Farg‘ona futboli rivojiga qo‘shgan barakali hissalari uchun chin dildan minnatdorlik bildiradi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Hammasi uchun sizga katta rahmat, Vitaliy Grigorevich!», - deyiladi klub xabarida.

Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:00, 01.12.2025.
O'qildi: 2208 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.