"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister jamoadoshi - germaniyalik havbek Florian Virsning o‘yini haqida fikr bildirdi.
"O‘ylaymanki, uning darajasiga shubha yo‘q. Uning tor joyda bajarishi mumkin bo‘lgan ishlari hayratlanarli. "Vest Xem" bilan o‘yinda ham u buni ko‘rsatdi. Yuqorida aytganimdek, bu uning tomonidan juda yaxshi o‘yin bo‘ldi, deb hisoblayman va umid qilamanki, u shu ruhda davom eta oladi," - deya 26 yoshli argentinalik yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi ESPN.













