Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" darvozaboni A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

"Tottenxem" darvozaboni A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiya grandi Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashri manbalariga ko‘ra, Milanning "Inter" klubi yangi darvozabon uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. "Neradzurrilar"ning ayni damdagi ustuvor maqsadi Gulyelmo Vikario bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, 29 yoshli italiyalik posbon Italiyaga qaytishni maqsad qilgan, uning agenti esa allaqachon "Inter" vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. Uning transferi taxminan 30 million yevroga tushishi mumkin.

Bu mavsumda Gulyelmo Vikario "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda 7 ta "quruq" o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 17:25, 02.12.2025.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик