Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Andijon" darvozaboni: "Jarohatimdan butunlay forig‘ bo‘ldim"

"Andijon" darvozaboni: "Jarohatimdan butunlay forig‘ bo‘ldim"

Baho:
+ | -

Ma’lumki, "Andijon" jamoasi chempionatning so‘nggi turida Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jarohatidan forig‘ bo‘lgan darvozabon Eldor Adhamov nihoyat yana tarkibga qaytdi va "Bunyodkor" bilan o‘yinda jamoa darvozasini uchrashuv davomida to‘liq himoya qildi.

Eldor klub matbuot xizmatiga ortdan qolgan jarohati va uchrashuv borasida shunday dedi: 

"Bunyodkor" bilan o‘yingacha to‘pig‘imdagi jarohat tufayli maydonda to‘liq mashq qila olmagandim. Faqatgina uchrashuvdan ikki kun oldin umumiy guruhga qo‘shildim. Yangi kelgan murabbiylar shtabi o‘ynashim zarurligini aytib o‘tishdi. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Muhim va kerakli uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Agar uchrashuvni omadsiz o‘tkazganimizda o‘zimizni o‘zimiz muammoga tushirib qo‘yishimiz mumkin edi. Xudoga shukr, bundan qutuldik va biroz bo‘lsa-da, erkin nafas oldik.

Hozirda jarohatimdan butunlay forig‘ bo‘ldim. Endi Qatarda "Al-Ahli"ga qarshi hal qiluvchi o‘yinga Hudo hohlasa, maksimal formada yetib boraman", - deydi Adhamov.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:17, 02.12.2025.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик