Manbaga ko‘ra, "Liverpul" "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonni nishonga olmoqda.
Angliya giganti bu kelishuvni 30-40 million yevroga yakunlashni maqsad qilgani aytilmoqda. "Barselona" ham Edersonga qiziqmoqda. Yarim himoyachining shartnomasi 2027-yil yoziga qadar amal qiladi.
Ederson bu mavsumda "Atalanta" safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













