Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Rossiya futzal terma jamoasi murabiyi: “O‘zbekistonga qarshi ikkita qiyin, shuning barobarida qiziqarli bo‘ladi”

Rossiya futzal terma jamoasi murabiyi: “O‘zbekistonga qarshi ikkita qiyin, shuning barobarida qiziqarli bo‘ladi”

Baho:
+ | -

Rossiya futzal terma jamoasining bosh murabbiyi Beso Zoidze O‘zbekistonga safar oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

– Avvalo, hozirgi tarkib haqida fikr bildirmoqchiman. Bu bilan futzal ishqibozlari orasidagi savollar va hayratlarga oldindan javob berib qo‘ymoqchiman. Yaxshi tomoni shundaki, bizning tarkibimiz yigirma nafar o‘yinchi bilan cheklanib qolmaydi, u ancha keng va salohiyatli. Shu bois, avvalgi yig‘inlarni o‘tkazib yuborgan futbolchilar ham doimiy nazoratimiz va kuzatuvimizda bo‘lishgan. Shunday ekan, kengaytirilgan ro‘yxatda hech qanday kutilmagan nomlar yo‘q. Barcha futbolchilar shtabimiz talablaridan juda yaxshi xabardor — bizda “o‘rtoqlik o‘yinlari” degan tushuncha yo‘q. Bu mamlakatning asosiy futzal jamoasi va uning tarkibida maydonga tushganingda maksimal darajada o‘ynashing shart.

Raqibimizni esa tanishtirishning hojati yo‘q. O‘zbekiston terma jamoasi — Osiyoning yetakchi futzal davlatlaridan biri. Ular muntazam ravishda rivojlanmoqda, darajalarini oshirmoqda, ularga qarshi o‘yin qiyin, shuning barobarida qiziqarli bo‘ladi. Bu o‘yinlar biz uchun ham, raqiblarimiz uchun ham juda muhim. Oldinda turgan bahslarni sabrsizlik bilan kutyapmiz.

Qabul qiluvchi tomonga o‘z maydonlarida o‘ynash uchun taklif bildirgani uchun, shuningdek, safarni tashkil qilib bergani uchun RFSga minnatdorchilik bildiramiz. Hozirgi sharoitda bunday qo‘llab-quvvatlovchi rejimda kuchli raqib bilan o‘ynash imkoniyati — yanada rivojlanishimiz uchun juda katta turtki.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 22:32, 03.12.2025.
O'qildi: 1202 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик