Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" 70 mln yevrolik hujumchini kuzatib bormoqda

"Arsenal" 70 mln yevrolik hujumchini kuzatib bormoqda

Baho:
+ | -

"Ayntraxt" klubi qanot hujumchisi Jan Matteo Baoyya Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli fransiyalik futbolchiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq gap yanvardagi transfer oynasi haqida emas, yozgi transfer haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, "Ayntraxt" futbolchi uchun taxminan 70 million yevro olmoqchi.

Joriy mavsumda Baoyya barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fransiyalik futbolchining nemis klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:08, 04.12.2025.
O'qildi: 1296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик