Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Nagelsmanning fikricha, Germaniya terma jamoasining JCH-2026 guruhidagi raqiblarini past baholab bo‘lmaydi

Nagelsmanning fikricha, Germaniya terma jamoasining JCH-2026 guruhidagi raqiblarini past baholab bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman JCH-2026da terma jamoaning guruhdagi raqiblarini baholadi.

5 dekabr, juma kuni Vashingtonda JCH-2026ga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Germaniya terma jamoasi Ekvador, Kot-d'Ivuar va Kyurasao bilan bir guruhdan joy oldi.

"Guruh uncha oson emas, lekin yengib o‘tsa bo‘ladigan. Biz guruh bosqichi o‘yinlarida g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Eng muhimi, qadam-baqadam harakat qilib, barcha uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish va pley-offga chiqishdir. Har bir raqibga hurmat bilan yondashish kerak. Kyurasaoni tahlil qilish qiziqarli bo‘ladi. Kot-d'Ivuar - yengsa bo‘ladigan jamoa, ammo uni past baholash xato bo‘ladi. Ekvador bilan oson kechmaydi. Ularning tarkibida chinakam yulduzlar bor," - deb Nagelsmanning so‘zlarini keltiradi AP News.

Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar uchta davlat - AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda ilk bor 48 ta jamoa 12 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi.

Kiritildi: 05:23, 06.12.2025.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик