Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» – «Fenerbaxche» uchrashuvida kuchlar teng keldi

Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» – «Fenerbaxche» uchrashuvida kuchlar teng keldi

Baho:
+ | -

Turkiya chempionati 15-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Fenerbaxche"ni qabul qildi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

O‘yinning 64-daqiqasida Milan Shkrinyar o‘z goli bilan mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev o‘rniga 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bert O‘zgyur mezbonlarga 1 ochko olib bergan golni 81-daqiqada kiritdi.

"Bashakshehir" safida Eldor Shomurodov to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Fayzullayev 46-daqiqada ogohlantirish oldi va 71-daqiqada zaxiraga olindi.

"Bashakshehir" 17 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. "Fenerbaxche" 33 ochko bilan 2-pog‘onada.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:52, 07.12.2025.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик