Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Lando Norris — 2025-yilgi Formula-1 chempioni

Lando Norris — 2025-yilgi Formula-1 chempioni

Baho:
+ | -

“Maklaren” jamoasining britaniyalik 26 yoshli poygachisi Lando Norris mavsum yakunlariga ko‘ra Formula-1 bo‘yicha Jahon chempioniga aylandi.

Norris 7 dekbar, yakshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida o‘tkazilgan Abu-Dabi Gran-pri turnirida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu esa unga umumiy ro‘yxatda mavsum chempionligini taqdim etdi. Shu bilan u Maks Ferstapnpenning to‘rt yillik chempionlik seriyasiga chek qo‘ydi. Maks Ferstappen (“Red Bull”) Abu-Dabi Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi, ammo umumiy ro‘yxatda Norrisga yeta olmadi.

Britaniyaning “Maklaren” jamoasi 2025-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra birdaniga ikki muhim seriyani to‘xtatdi. Norrisning chempionligi – 2008-yildan (o‘sha paytda Luis Hamilton chempion bo‘lgan) beri qayd etilayotgan qora an’anaga chek qo‘ygan bo‘lsa, Konstruktorlar kubogidagi muddatidan avvalgi chempionlik esa jamoaga “oltin dubul”ni rasmiylashtirish imkonini berdi. Ular 2024-yilda ham aynan shu sovrinni qo‘lga kiritgan edi. “Maklaren” oxirgi marta 1988–1991-yilgi mavsumda ketma-ket konstruktorlar kubogida g‘olib bo‘lgan, 1998–2024 yillar oralig‘ida esa jamoa bu sovrinni umuman qo‘lga kirita olmagandi.

2025-yilgi mavsum yakunlari (Top-10)

Lando Norris (“Makleron”) — 423 ochko
Maks Verstappen (“Red Bull”) — 421
Oskar Piastri (“Makleron”) — 410
Jorj Rassell (“Mersedes”) — 319
Sharl Lekler (“Ferrari”) — 242
Luis Hemilton (“Ferrari”) — 156
Andrea Kimi Antonelli (“Mersedes”) — 150
Aleks Albon (“Uilyams”) — 73
Karlos Sains (“Uilyams”) — 64
Fernando Alonso (“Aston Martin”) — 56.

Kiritildi: 16:03, 08.12.2025.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.