Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Dunyoning 97-raqamli raketkasi Kamilla Rahimova O‘zbekiston fuqaroligini olgani bo‘yicha izoh berdi

Dunyoning 97-raqamli raketkasi Kamilla Rahimova O‘zbekiston fuqaroligini olgani bo‘yicha izoh berdi

Baho:
+ | -

Jahonning 97-raqamli tennischisi Kamilla Rahimova sport fuqaroligini o‘zgartirdi. Rossiyalik sportchi endi WTA turnirlarida O‘zbekiston bayrog‘i ostida kortga chiqadi.

Rahimova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali nega bunday qarorga kelganini ochiqladi:

“Jamoam va oilam bilan uzoq maslahatlashganimdan so‘ng sport fuqaroligimni o‘zgartirishga qaror qildim. Bu oson qaror bo‘lmadi, lekin men buni nafaqat professional, balki shaxsiy rivojlanishim uchun to‘g‘ri qadam deb hisoblayman.

Qarorim ambisiyalarim hamda karyeramga asoslangan, shuningdek, sportchi sifatida eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi, deb hisoblayman. Shuni ham ta’kidlashim kerakki, bu o‘zgarish mening avvalgi jamoam va federasiyaga bo‘lgan hurmatimni yo‘qotmaydi. Lekin hozir men yangi imkoniyatlar, yangi sinovlar va yangi maqsadlar tomon qarayapman.

Meni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha insonlarga rahmat. Sizlarning menga bo‘lgan ishonchingiz va turnirlardagi qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun juda muhim. Umid qilamanki, sizlar hayotimning yangi bobida ham yonimda bo‘lasiz”, dedi Rahimova o‘zining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston Tennis federasiyasi matbuot xizmati Kamilla Rahimova xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Rahimova 2001 yil 28 avgustda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tug‘ilgan. Uning onasi Rufina Rahimova (Yalalova) o‘z vaqtida O‘zbekiston SSSR tarkibida tennis bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. Tennischining akasi Temur esa Toshkentda tug‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr, yakshanba kuni Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirda g‘alaba qozondi. Dunyo reytingida 112-o‘rinni egallab turgan Rahimova mazkur musobaqasidagi g‘alaba evaziga yangilangan WTA reytingida 97-o‘ringa ko‘tarildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:11, 09.12.2025.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.