Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Yangilangan UFC reytingida Bogdan Guskov yuqoriladi

Yangilangan UFC reytingida Bogdan Guskov yuqoriladi

Baho:
+ | -

AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile” arenada o‘tkazilgan yilning eng so‘nggi raqamli UFC turniridan so‘ng, vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli jangchilar hamda barcha vazn toifalari reytingi yangilandi.

Yarim og‘ir vazn toifasida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik MMA ustasi Bogdan Guskov sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi jangdagi durang natijasidan so‘ng bir pog‘ona yuqorilab, 10-o‘ringa ko‘tarildi.

UFC 323 turnirining markaziy jangida amaldagi chempion Merab Dvalishvili ustidan g‘alaba qozongan rossiyalik Petr Yan UFCning vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchilar ro‘yxatiga kiritildi va unda oltinchi o‘rinni egalladi. Chempionlik kamaridan ayrilgan Dvalishvili esa reytingda besh pog‘ona pastladi va 8-o‘ringa joylashtirildi. Eng yengil vazn toifasi reytingida esa chempionlik o‘rnidan birinchi raqamli da’vogar pozisiyasiga ko‘chdi.

UFCning minimal vazn sobiq chempioni Aleshandre Pantoja esa Joshua Van bilan jangning ilk soniyalarida jarohat olgani va kamarni boy bergani sababli P4P reytingida to‘rt pog‘ona pastladi va 9-o‘ringa tushdi. Uning raqibi — yangi chempion Joshua Van esa umumiy ro‘yxatda 11-o‘rinni egalladi.

P4P reytingidagi ushbu o‘zgarishlar tufayli o‘rta vazn chempioni Hamzat Chimayev kuchli uchlikka kirib, Dvalishvilining o‘rnini egalladi. Yarim o‘rta vazn chempioni Islom Maxachev birinchi, yengil vazn chempioni Iliya Topuriya esa ikkinchi o‘rinda o‘zgarishsiz qoldi.

Kiritildi: 19:07, 09.12.2025.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.