"Nyukasl Yunayted" murabbiyi yangi o‘yin oldidan jamoadagi jarohatlanganlar haqida fikr bildirdi. Xabarlarga ko‘ra, "Nyukasl" "Bayer Leverkuzen" bilan bahsda ikkita futbolchisidan ayrilgan. Eddi Xou bu haqida shunday deydi: "Joyelinton chov sohasidan jarohat oldi. Lyuis Mayli esa mushaklarida noqulaylik his qildi".
"Nyukasl" keyingi bahsini "Sanderlend" maydonida, APL doirasida yakshanba kuni o‘tkazishi belgilangan.













