Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi tasdiqlandi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi tasdiqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF kamariga sobiq da’vogar bo‘lgan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi 20 dekabr kuni Samarqanddagi “Family Park” majmuasida tashkil etiladigan professional boks oqshomining asosiy bahsida ringga ko‘tariladi. Ergashevga o‘sha kuni kongolik 32 yoshli Mardoshe Kuvesa Katombe raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Shohjahon Ergashev hozirga qadar 27 ta jang o‘tkazib, 25 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Mardoshening hisobida esa 17 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat bor. O‘zbekistonlik bokschi so‘nggi jangini fevral oyida Farg‘onada o‘tkazilgan boks oqshomida ugandalik Junju Poverga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Kiritildi: 14:45, 11.12.2025.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.