Kirish Ro'yxatdan o'tish

Emeri "Aston Villa" uchun Yevropa Ligasining ahamiyatini tushuntirdi

Emeri "Aston Villa" uchun Yevropa Ligasining ahamiyatini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Yevropa ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan o‘yinda Birmingemning "Aston Villa" jamoasi Shveysariyaning "Bazel" klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan so‘ng ingliz jamoasi ustozi Unai Emeri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz juda yaxshi kayfiyatdamiz. Ushbu davrni "Aston Villa" muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. Bu uchrashuvda 90 daqiqa barqaror o‘ynay olmadik, ammo baribir g‘alaba qozondik. Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yevropa Ligasi klubimiz uchun muhim turnir," - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Ortda qolgan olti turdan so‘ng "Aston Villa" 15 ochko jamg‘arib, jadvalda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:21, 12.12.2025.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик