Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

IBA Pro 13 boks kechasi: Shahobiddin Zoirov mag‘lub bo‘ldi, Madiyar Saidrahimov g‘alaba qozondi

IBA Pro 13 boks kechasi: Shahobiddin Zoirov mag‘lub bo‘ldi, Madiyar Saidrahimov g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Xalqaro Boks Assosiasiyasi tomonidan IBA Pro 13 professional boks turniri tashkil etildi.

Kechaning dastlabki janglaridan birida og‘ir vazn toifasi vakili, o‘zbekistonlik Madiyar Saidrahimov rossiyalik David Jukayevga qarshi ringga ko‘tarildi. 8 raundga mo‘ljallangan bahs to‘liq davom etdi va unda Saidrahimov hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘ldi. Ushbu natija Madiyar Saidrahimovning professional ringdagi uchinchi g‘alabasi bo‘lib qayd etildi. Saidrahimov prof boksda mag‘lubiyasiz odimlamoqda.

Turnirning asosiy janglaridan biri Rio Olimpiadasi chempioni, Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov ishtirokida o‘tdi. U IBA Pro kamarini qo‘lga kiritish uchun venesuelalik Yoel Finolga qarshi ringga ko‘tarildi.

10 raund davom etgan muroasasiz bahs yakunida g‘olib hakamlar qarori bilan aniqlandi. Bo‘lingan qaror (93–97, 96–94, 95–98) Zoirov foydasiga hal bo‘lmadi va u o‘zining ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Shahobiddin Zoirovning professional ringdagi ilk mag‘lubiyati ham aynan Yoel Finolga qarshi o‘tgan jangda qayd etilgan edi.

Ma’lumot uchun, Zoirov 2016 yilgi Rio Olimpiadasi yarim finalida Finolni mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan va yakunda Olimpiya chempioniga aylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:01, 13.12.2025.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.