Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ekitike APLda ketma-ket ikkinchi o‘yinda dubl qayd etdi

Ekitike APLda ketma-ket ikkinchi o‘yinda dubl qayd etdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 16-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Brayton" uchrashuvi davom etmoqda. 60-daqiqada hujumchi Ugo Ekitike "chaykalar" darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib, dublni rasmiylashtirdi.

Qayd etish joiz, bu Ekitike uchun Premyer-liga doirasidagi ketma-ket ikkinchi dubl hisoblanadi. O‘tgan turda fransuz "Lids" darvozasiga ikki bor yo‘l topgan edi. O‘sha oqshom mersisaydliklar g‘alaba qozona olishmadi - o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi.

Endilikda Ugo Ekitikening hisobida "Liverpul" safida 23 ta o‘yinda kiritgan 10 ta goli bor.

Kiritildi: 21:52, 13.12.2025.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик