Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Diyego Simeone murabbiy sifatida La Liga o‘yinlarida g‘alaba qozonish bo‘yicha yaqqol ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib qoldi

Diyego Simeone murabbiy sifatida La Liga o‘yinlarida g‘alaba qozonish bo‘yicha yaqqol ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib qoldi

Baho:
+ | -

Diyego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" Ispaniya chempionatining 16-turida "Valensiya"ni mag‘lub etdi (2:1). Uchrashuv 13 dekabr, shanba kuni Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tdi.

55 yoshli Simeone uchun bu g‘alaba La Ligadagi murabbiy sifatidagi 324-g‘alaba bo‘ldi. U ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Migel Munyosni (323 g‘alaba) ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Reytingning birinchi pog‘onasini Luis Aragones (344 g‘alaba) egallab turibdi.

Simeone "Atletiko"ni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Jamoa bilan birgalikda u ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. La Liganing joriy mavsumida madridliklar 34 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 01:09, 14.12.2025.
O'qildi: 977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик