Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

"Man Yunayted" AQSH terma jamoasi a’zosini transferlar short-listiga kiritdi

"Man Yunayted" AQSH terma jamoasi a’zosini transferlar short-listiga kiritdi

Baho:
+ | -

"Bornmut" klubi va AQSH terma jamoasining 26 yoshli yarimhimoyachisi Tayler Adams yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun "Manchester Yunayted" sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi. Klub Angliya Premyer-ligasida to‘p tepish tajribasiga ega bo‘lgan futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratish orqali maydon markazini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Adams "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasidagi boshqa futbolchilarga nisbatan arzonroq muqobil sifatida baholanmoqda. Adam Uorton va Karlos Baleba kabi yarim himoyachilar transferi klubga 100 million funtdan ancha qimmatga tushishi mumkin, bu esa "Manchester Yunayted"ni transfer bozorida turli variantlarni o‘rganishga undamoqda.

Tayler Adams Angliya Premyer-ligasida 69 ta o‘yin o‘tkazgan. U "Lids Yunayted" safida 24 ta o‘yin o‘tkazdi, shundan so‘ng u "Bornmut"ga o‘tdi va u yerda besh yillik shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 25 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:03, 14.12.2025.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.